"Aloqabank" innovatsion moliyaviy
xizmatlarni taqdim etdi

Aksiyadorlik tijorat "Aloqabank" raqamli xizmatlar, pul o'tkazmalari, global to'lov tizimlari va xalqaro transferlar sohasidagi innovatsion mahsulotlarini taklif etadi.

"Hilton Tashkent City" mehmonxonasida bo'lib o'tgan "Aloqabank" konferentsiyasi doirasida bank mijozlari, jumladan OAV vakillari va biznes-inflyuenserlari eng yangi bank xizmatlari bilan tanishishdi. Tadbirda korporativ mijozlarning bank xizmatlari haqidagi tasavvurini tubdan o'zgartiradigan strategik loyiha konsepsiyasi havola qilindi.

Aloqa Business – yuridik shaxslar uchun birinchi mukammal mobil ilova bo'lib, mijozga mobil qurilma orqali bank operatsiyalarining barcha turlarini amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu dastur yordamida bank ofislariga tashriflarni minimallashtirish mumkin, chunki omonat ochishdan boshlab, istalgan xodimning ish haqi kartasini to'ldirishgacha bo'lgan barcha operatsiyalarni smartfonda amalga oshirish mumkin.

Foydalanuvchilar uchun qulay interfeysga ega bo'lgan "Aloqa Business" ilovasi bir vaqtning o'zida turli korxonalarning bank operatsiyalarini bajarish, shuningdek g'azna, byudjet va hisoblar o'rtasida so'rovlar yuborish kabi funktsiyalarni o'z ichiga oladi. Xususan, kredit qoldiqlari, pul o'tkazmalari, shuningdek ro'yxatdan o'tkazilgan korporativ kartalarni kuzatib borish imkoniyati innovatsion "Aloqabank Business" dasturini muvaffaqiyatli va shaffof biznes yuritishning ajralmas vositasiga aylantiradi.

"Aloqa Business"ni ulash uchun siz pasport bilan bankning istalgan filialiga murojaat qilishingiz yoki "AppStore / Play Market"da mobil ilovani yuklab olishingiz va taqdim etilgan login va parolingiz bilan tizimga kirishingiz kerak. Buyurtma va sorovlarni tasdiqlash kodi to'g'ridan-to'g'ri SMS shaklida telefon raqamiga yuboriladi.

"Aloqa Business"ga 2020 yilning 21 martigacha ulangan mijozlarga debit aylanmasining 50% miqdorida doimiy chegirma taqdim etiladi.

"Aloqabank" tashabbusi bilan yo'lgan qo'yilgan yana bir yangi loyiha yig'ilganlarning katta qiziqishiga sabab bo'ldi. Aloqabank «Мир» to'lov tizimiga ulangan UzCart kartalarini chiqarivchi birinchi emitentga aylandi. Rossiyaning eng so'nggi xalqaro Мир to'lov tizimi bilan hamkorlik "Aloqabank"ni O'zbekistonning eng yirik banklariga hamkor ekvayring bank sifatida xizmat ko'rsatishi uchun muzokaralarni boshlashga undadi. Hozirda "Aloqabank" yurtimizdagi oltita tijorat bankining MIR kartalari bo'yicha hisob-kitob bankidir.

"Aloqabank"ning «Золотая Корона» tizimi bilan hamkorligi aholini eng ko'p qiziqtiradigan loyihalardan biriga aylanishi kutilmoqda, endi bank mijozlari koronapay.com sayti yoki shaxsiy mobil ilova orqali haftaning va kunning istlagan paytida pul o'tkazmalarni amalga oshirishlari mumkin. Joriy yilda yurtimizga pul o'tkazmalari orqali kirgan barcha xorijiy valyutadagi mablag'larning aksariyati «Золотая Корона» tizimi orqali amalga oshirilganligini hisobga olsak, "Aloqabank" moliyaviy tendensiyalarning eng cho'qqisiga chiqmoqda.

Konferensiya ishtirokchilari UnionPay International (UPI) kobeydj-kartalari loyihasidagi yangiliklardan ham xabardor bo'lishdi. Eslatib o'tamiz, 2018 yil oktyabridan buyon 55000 dan ziyod kobeydj kartalari muomalaga chiqarilgan. Shuningdek o'tayotgan yilda bank Union Pay International (UPI) bazasi asosida overdraft kartalarini joriy qildi, kobeydj kartalarida transchegaraviy pul o'tkazmalarni amalga oshirishni yo'lga qo'ydi. Korporativ mijozlar uchun BIZNES va CORPORATE GOLD kartalarini chiqara boshladi.

Konferensiyaning rasmiy qismi yakunida «Золотая Корона», «Мир» va "UnionPay" ning yuqori martabali vakillari so'zga chiqdilar. "UnionPay" vakillari "Aloqabank" Boshqaruv Raisiga "Yilning eng kreativ banki" mukofotini topshirdilar.